Kelajagi porloq ona Yurtimiz - O’zbekiston Respublikasining jahon davlatlari qatoridan munosib o’rin egallashi, yurtdoshlarimizning farovon turmush tarzi, yoshlarimizning ertangi kunining yorug’ bo’lishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasining barchasi Bosh Qomusimiz normalari asosida yaratilgan hayotiy qoidalar bilan chambarchas bog’liqdir.

Bugun o’zini shu yurt ravnaqiga, yorqin kelajagini qurishga o’z hissasini qo’shib kelayotgan inson borki, barcha jabhalarda olib borilayotgan islohotlar “Inson – eng oliy qadriyat” degan tamoyilga asoslanganini qalban his eta oladi.

Shu fursatdan foydalanib “iqtidor.uz” sayti jamoasi O’zbekiston ahlini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining  27 yilligi bilan samimiy tabriklaydi. Bosh Qomusimiz belgilab bergan taraqqiyot yo’limiz hamisha yorug’, yurtimiz tinch, osmonimiz esa musaffo bo’lsin!