Hyech shubha yo’qki, mustaqillik haqida so’z borar ekan, ozod va obod yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning qalbida shodlik, faxr-iftixor tuyg’ulari uyg’onadi. Jannatmakon O’zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi mavqyei yuksalib, shahar va qishloqlarimiz ko’rkam qiyofaga kirib borayotgani, mehnatkash xalqimiz bugunidan baxtiyor, shukronalik, ertasiga to’la ishonch ruhi bilan yashayotganligini ko’rib quvonmay bo’ladimi?! Darvoqye, serquyosh o’lka­mizda so’nggi yillarda asrlarga tatigulik mislsiz o’zgarishlar ro’y berayotganligiga o’rta yashar va keksa insonlar guvohdirlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi qarorida e’tirof etilganidek, bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini yuksaltirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan vazifalar – aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Shuning uchun ham siz bilan biz, serquyosh O’zbekistonda istiqomat qilayotgan bugungi avlod baxtli insonlarmiz. Erkin, obod va tinch, osoyishta yurtda yashayapmiz,  yurtimizda “Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi buyukdir” shioriga amal qilgan holda, farzandlarimiz va nevaralarimiz bizdanda kuchliroq, bilimliroq va albatta baxtliroq yashashi uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda. Xalqimiz ana shunday olijanob maqsad yo’lida qo’lni-qo’lga berib, astoydil mehnat qilmoqda. Eng muhimi, yurtimizdagi ulkan bun­yodkorlik va yaratuvchanlik ishlarining samaralarini har kun va har daqiqada ko’rayapmiz. Shoir aytganidek, «Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor». Davroqye, ko’plab ulug’ ajdodlarimiz uchun ona yurtimizni ozod ko’rish armon bo’ldi. Shunday ekan, istiqlol bergan beqiyos ne’matlarning qadriga yetishimiz, ko’z qorachig’idek asrashimiz lozim. Axir, bu betakror Vatan – O’zbekistonning buyuk kelajagi uchun astoydil xizmat qilishdan ortiq baxt bormi?!

Aziz yurtdoshlar! 
Sizlarni "iqtidor.uz"  huquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy sayti Istiqlol bayramining 28 yilligi munosabati bilan qutlaydi. Barchalaringizga oilaviy baxt-saodat, mustahkam sog’liq, xonadonlaringizga fayzu baraka, Vatanimiz istiqboli yo’lidagi ishlaringizda ulkan omadlar tilaydi. Mustaqillik shodiyonalari muborak bo’lsin!