Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo’yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to’g’risidagi Hukumat qaroriga o’zgartirishlar kiritildi (623-son, 24.07.2019 y.)

Kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlar va ular bo’yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagi narxlar belgilandi:

-jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo’lgan turar joy ko’chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko’chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

-101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo’lganida – bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;

-301 kvadrat metrdan ortiq bo’lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;

-yuridik shaxslarning turar joy ko’chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko’chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;

-jismoniy shaxslarning noturar joy ko’chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko’chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;

-yuridik shaxslarning noturar joy ko’chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko’chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;

-jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yerga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va davlat reyestridan ko’chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;

- jismoniy shaxslarning noturar joy obyektlari uchun berilgan yerga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va davlat reyestridan ko’chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;

-yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va davlat reyestridan ko’chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;

-ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish – bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

-mulkida turar joy borligi (yo’qligi) haqida axborot berish – bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.

Ko’chmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni o’zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig’im undiriladi.

Shuningdek, yangi obyektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.

I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun yuqoridagi davlat xizmatlari narxi umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

Hujjat haqidagi to’liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

 

 

Shahar yo’lovchilar transportida quyidagilarni tashish bepul amalga oshiriladi (http://lex.uz/docs/246740):

-hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va og’irligi 20 kg dan ortiq bo’lmagan qo’l yukini va musiqa asbobini;

-150 sm gacha uzunlikdagi buyumlarni;

-qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni;

-aravachani (bolalar, nogironlar va boshqalarning aravachalarini);

-mayda bog’dorchilik inventarini;

-bolalar chanalarini.

Shuningdek, yo’lovchilar o’zlari bilan birgalikda yetti yoshgacha bo’lgan bolalarini bepul olib yurish huquqiga ega (http://lex.uz/docs/10943).

Yo’nalishsiz taksilarda yo’l haqi tashib keltirilgan yo’lovchi va bagaj sonidan qat’i nazar taksometr ko’rsatkichi bo’yicha to’lanadi.

 

O’rindoshlar o’rindoshlik asosidagi ish joyi bo’yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug’ish nafaqalari olish huquqiga (http://lex.uz/docs/2070161) egadir.

 

Hukumat qarori (620-son, 24.07.2019 y.) bilan Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, xorijiy davlatlarda umumiy o’rta va o’rta ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

O’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida yig’im undiriladi.

Quyidagi hollarda hujjatlarni tan olish sinovlarsiz amalga oshiriladi:

-umumiy o’rta va o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta’limini olgan talabgorlarning hujjatlari;

-O’zbekistonda bo’linmalari va qo’shma ta’lim muassasalari mavjud xorijiy ta’lim muassasalarida o’qigan talabgorlarning hujjatlari;

-Xalqaro 1000 talik reytingga kirgan oliy ta’lim muassasalarining hujjatlari;

-vazirlik va idoralar yo’llanmalari asosida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

-1992 yil 1 yanvargacha xorijiy ta’lim muassasalariga kirgan talabgorlarning hujjatlari;

-Oliy ta’limda sifatni baholash Yevropa assosiasiyasining a’zolari tomonidan akkreditasiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olganlarning hujjatlari;

-AQSh, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarida akkreditasiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olganlarning hujjatlari;

-vazirlik va idoralar tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

-xalqaro shartnomalar, Prezident va Hukumat hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlar.

Talabgorlar so’rovnomaga ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjat, uning ilovasi hamda ularning o’zbek tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasini ilova qiladi.

Sinov asosida tan olinadigan hujjatlar uchun test sinovlari tashkil etiladi va bu haqida 10 kun oldin Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining saytida e’lon qilinadi.

Test sinovi 50 ta savoldan iborat bo’ladi va 54 va undan kam ball to’plagan talabgorlarning hujjatlari tan olinmaydi.

2019 yil 1 sentyabrdan xorijiy davlatlarda umumiy o’rta va o’rta ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish uchun arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

 

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog’lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (626-son, 25.07.2019 y.)

Qaror bilan Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog’lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi hamda autsorsing usulida sog’lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Ushbu muassasalarda autsorsing usulida sog’lom ovqatlantirishni  tashkil qilish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tanlov o’tkazadi.

Mazkur usulda ovqatlantirishni tashkil etish orqali tejalgan mablag’ tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga yo’naltiriladi.

Qarorga ko’ra, 2019–2020 o’quv yilidan OTMlarda umumiy kvotalar doirasida “Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish” yo’nalishida mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari oshpazlari va oshpaz yordamchilari har 3 yilda bir marta sog’lom ovqatlantirish yo’nalishida malakasini oshiradi.

 

Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo’lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi (http://www.lex.uz/docs/142859#143716), korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.

 

Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yish yer egasining roziligi bilan tegishli hokim yoki Hukumat qaroriga ko’ra amalga oshiriladi (http://lex.uz/docs/1004816).

Yer egasi yer uchastkasini olib qo’yish to’g’risidagi qarorga rozi bo’lmagan taqdirda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Yer uchastkasini olib qo’yish va uylar hamda boshqa imoratlar, inshootlarni buzish, dov-daraxtlarni ko’chirib tashlash to’g’risidagi qaror bosh rejalarga, turar joy tumanlarini rejalashtirish va imorat qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.

Olib qo’yilayotgan yer uchastkalarida uylar va boshqa imoratlar, inshootlarning asossiz buzilishiga va dov-daraxtlarning ko’chirib tashlanishiga yo’l qo’yilmaydi.

 

 

Pilla yetishtirish bilan bog’liq quyidagi ishlarda to’liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o’tadi (http://lex.uz/docs/1865473):

            -tut urug’i tayyorlash;

            -tut nihollari va tut ko’chatlari yetishtirish;

            -tut ipak qurti urug’larini inkubatoriyalarda jonlantirish;

            -tut ipak qurti parvarishlash;

            -tirik va quriq pillani saralash;

            -tirik pillani quritish;

            -pillani qo’l kuchi yordamida tashish;

            -pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);

            -urug’chilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;

            -tut ipak qurti urug’larini mikrotahlildan o’tkazish;

            -tut ipak qurti urug’lariga ishlov berish;

            -tut ipak qurti urug’larini qishlash davridagi ishlar;

            -tut ipak qurti urug’larini qadoqlash va yorliqlash.

 

Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli emas:

 (http://lex.uz/docs/2625878)tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;

-shifoxonalarning qabul bo’limlari;

-sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;

-pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari -bundan mustasno;

-fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo’yicha tibbiy muassasalar.