Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (565-son, 08.07.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan obyektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi.

Qarorga koʻra, “Bukhara City” hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi tashkil etildi.

Mazkur majmuani barpo etish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Majmua hududida muzey, xalqaro konferensiya va forumlar oʻtkazish uchun “Ekspomarkaz”, biznes markazi, kinoteatr, teatr, kutubxona, banklar, ofislar, turar joy binolari va boshqa zamonaviy obyektlarni joylashtirishga ustivorlik beriladi.