Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi

va butun hayotini tubdan o’zgartirgan ushbu

muhim siyosiy hujjat Kontitusiyani ishlab chiqishda

Islom Abdug’aniyevichning konseptual ahamiyatga

ega, teran fikrlari mustahkam zamin bo’ldi. 

Shavkat Mirziyoyev

 

          O’zbekistonni huquqiy-demokratik davlatga aylantirishning dastlabki yillaridan boshlab davlatimizda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishga e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov  sobiq ittifoq hukmronligida xalqni ma’naviyatdan mahrum etishga qaratilgan harakatlarga chek qo’yib, mustaqillikning ilk kunidanoq ajdodlarimizdan meros qadriyat va an’analar,  ilmiy- ijodiy, me’moriy asarlarni  tiklash va boyitishga ustuvorlik berdilar. Odamlarning turmush sharoitini, O’zbekistonning mustaqilligi hamda jahonda o’z o’rniga ega bo’lishida iqtisodiyot qanchalik beqiyos ahamiyat kasb etsa, ma’naviyat bu ishda bosh negiz ekanini aytgan. Islom Karimov amalga oshiriladigan islohotlarda iqtisodiyot va ma’naviyat tengligini ta’minlashga  erishdilar. Chunki, ma’naviyatli xalqgina bugungi hayotini yanada yaxshilashga, kelajagini, farzand- nabiralari taqdirini kafolatlashga intilib yashaydi.

           Xalq ma’naviyati qudrati insonning odob - axloqi, madaniyati, qanday maqsadlar bilan yashayotgani, oilasining, yurtining, qolaversa dunyoning tinchligi va rivojiga qanchalik o’z ulushini qo’shishida bilinadi.

         Elimizda vatanga muhabbat, mehr - oqibat, sadoqat tuyg’ularini shakllantirish uchun Islom Karimov ajdodlarimizning ulug’ xotirasini tiklashda, ularning asarlarini, hayot yo’lini o’rganuvchi ilmiy dargohlar, yosh avlod ota- bobolarining ma’naviy merosinidan ilm olishlari uchun ta’lim yurtlarini bunyod etishda, qadrli marosim va an’analarni tantanali o’tkazish, dinni rivojlantirish, vatanimiz hududida yashovchi jahon xalqlarini o’zlari istagan dinga amal qilishlarida katta yangilanish ishlarini bajardilar. “Turkiston” saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, teatrlar, oliy o’quv yurtlari, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi, bobokalonlarimiz yodiga qurilgan ziyoratgohlar, ularning salobatlari, nurli haykallari, masjid- madrasa, cherkovlar, tarixiy qal’a va arklar, muzeylar, davlat kutubxonalari ma’naviyatni boyitishda xizmat qilmoqda. Hozirda bularning ko’plari sayohatchilar sevib tomosha qiladigan joylarga aylangan.

          Har qancha islohotlarni amalga oshiravergan bilan zamonlar taraqqiyoti insoniyat qarshisiga yangi jumboq, mammolar qo’yaveradi…

         Har qanday dolzarb masalani hal etish odamzoddan aqlu farosat, vijdon, matonat, sadoqat, shijoatni talab etadi. Bu o’rinda ma’naviyatning o’rni beqiyosdir! Negaki inson avlodi bugungacha qanday yutuqqa erishgan bo’lsa, adolat va to’g’rilik bilan erishdi. Bu hislatlarni esa shubhasiz,  ma’naviyat shakllantiradi… Har zamonda uchraydigan mashaqqatlar barcha el-yurtni mustaqillikni mustahkamlab, porloq kelajak bunyod etishga undaydi.

 

          Aslida dunyoda ma’naviyatsiz xalq yo’q! Ammo bor boylik va ma’naviyatidan, imkoniyatlaridan qanday foydalanishni bilolmay qiynalayotgan xalqlar mavjud. Bu holat ayrim davlatlarda talon- tarojlik, urushu, halokatlarni keltirib chiqarmoqda. Eng muhimi, Islom Karimov ta’kidlaganidek insonning eng katta huquqi- tinch  yashash huquqidan mosuvo qilyapti. Shukurki, xalqimiz birdamligi va elimiz tarbiyalagan farzandlarining oqilligi, shijoati sabab hokimiyatimiz orzu- maqsadlarimizga olib boruvchi yo’llarni belgilab bera oldilar.

         Xalqlar ma’naviyatning qudrati bilan bebaho muvaffaqiyatlarga erishib keladilar. Bir o’ylab ko’raylik: ma’naviyatni yuksaltira olmagan, ma’nan qoloq insonlar jamiyati qanday umr kechiradi?... Bunday jamiyat tarbiyalaydigan sotqin, ezgulikdan qo’rqadigan, shijoatsiz, o’z hayotini o’tkazishga qiynaladigan insonlar bilan kelajakda baxtu iqbolga erishib, buyuk davlat qurib bo’ladimi?...

         Shunda insondagi kuch-qudratlar manbai- ma’naviyat ekanligiga, u bilan hayot barqarorligiga, ajdodlarimiz ilm- urfonlariga, Islom Karimovning mustqillikni qo’lga kiritib, yurtni ravnaq toptirish yo’lida bu bebaho tushunchaga beqiyos ahamiyat berganliklarining sababini anglaymiz.

         Ulug’  an’anaga- ajdodlarning buyuk ishlarini davom ettirish, elu yurt farovonlini ta’minlash, dunyo davlatlari bilan do’stlik  munosabatlarni yanada kengaytirish, Vatanga, milliy g’oyaga sodiq qolish har bir yurt farzandining olamda tengsiz burchidir!

         Bu haqida so’z borar ekan, avvalo yoshlarni- kelajak me’morlarini tarbiyalashga,  xalqni ma’naviyatga oshno etishga erishish lozim. Biz yoshlar yutuqlarga erishsak, atrofimizdagi insonlar, bu kim bo’lishidan qat’i nazar, o’rnak olishi, agar intilsa, orzusiga yetishga qodirligini tushunishi mumkin. Biroq bunga amaliy natijalarimizning o’zi bilangina erishib bo’larmikan?! Ajdodlarimizni, O’zbekistonni mustaqil davlatga aylantirgan ulug’ yo’lboshchi Islom Karimov, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni, yoki bo’lmasa ota- onamiz,  do’stu yaqinlarimizni hurmat qilishimizga, e’zozlashimizga, yaxshi ko’rishimizga  sabab- bu ularning bizga ko’rsatgan mehrlaridir. Bu mehr ularga ishonishga, ergashishga, birlikda chorlab, bizga qudratli kuch ato etib turadi. Amaliy natijalarimiz orqali o’rnak bo’lish bilan   bir qatorda insonlarga mehr bera olsak, ular ham bizga ko’ngil qo’llarini beradilar. Muvafaqqiyatga erishishga g’ayrat topa oladilar. Mehr- bizni bir jamoa etadi. Har qanday ijtimoiy maqsad va manfatlarga erishish uchun esa ahil bo’lib, birgalikda kirishilsa,  bu  albatta ijobiy samara bilan tugallanadi.

          Inson ma’naviyatli bo’lganida har bir muammoni yengishga qodir, hayotda imkon topib yashaydigan, dunyoning obodligiga munosib hissa qo’shadigan barkamol shaxsga aylanadi. Bunday -  tog’ni talqon qiladigan insonlar, agar ular yoshlar orasida qanchalik ko’p bo’lsa, O’zbekistonning mustaqilligi ham, obodligi, xalqning turmushi, yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi o’rni, ko’rsatadigan faoliyati  ham chiroyli bo’ladi.  Islom Karimov aytganlaridek: “Kimningki niyati pok bo’lsa, yaratgan ham qo’llaydi deydilar. Zero, mana shu barchamizga aziz bo’lgan Vatan, zahmatkash xalq yo’lida xizmat qilishdan ortiq savob  yo’qdir.”

                                              

Umirova Nodira

Qashqadaryo viloyati

Muborak axborot texnologiyalari va xizmat

ko’rsatish kasb-hunar kolleji o’qituvchisi.