Ko’pchiligimiz maktabda turli savol-javob o’yinlarida qatnashganmiz. O’sha paytlarda bizga berilgan savollar nafaqat qiyin, balki qiziqarli ham tuyulgan.

Keling, bolalik davrimizni yodga olamiz. Quyidagi jumboqlar bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, kattalarni ham o’ylantirishi mumkin.

1. Kema halokatidan so’ng faqat bir erkak tirik qolibdi. To’lqinlar uni ayollargina yashaydigan orolga eltib tashlabdi. Erkak hushiga kelganida ayollar uni qurbonlik qilish uchun tayyorlanishayotgan ekan. Ular erkakka so’nggi so’zlarini aytishni taklif qilishibdi. Erkak so’nggi so’zlarini aytgach, ayollar uni o’ldirish o’rniga qayiq yasab, oziq-ovqatlar bilan ta’minlab qo’yib yuborishibdi. Erkak ularga nima degan?

2. Boshlang’ich sinf o’quvchisi bu vazifani besh daqiqada, yuqori sinf o’quvchisi o’n besh daqiqada, oliygoh talabasi oltmish daqiqada yechadi, olim esa yecholmaydi. Mana o’sha vazifa: “BIUTBOYeSTO’” nimani bildiradi?

3. Toshkentdan Samarqand tomon poyezd yo’lga chiqdi. U belgilangan vaqtdan yarim soatga kech qoldi. Samarqanddan Toshkent tomon ham poyezd yo’lga chiqdi, u jadvaldagidan 10 daqiqaga kech yo’lga chiqdi. Har ikki poyezd bir-biri bilan uchrashgan vaqtda qaysi poyezd Toshkentga yaqinroq bo’ladi?

4. Qo’lingizda 9ta tanga bor. Sakkizta tanga haqiqiy va bitta tanga soxta bo’lib, boshqalaridan yengilroq. Tangalarni tarozida ikki marta tortib ko’rib soxta tangani qanday topish mumkin? 9. Ikki o’g’il va ota sayohatga chiqishdi. Ularning yo’lida daryo bo’lib, bu daryodan bir vaqtning o’zida faqat otani yoki ikkita o’g’ilni ko’tara oladigan sol yordamida o’tish mumkin edi. Ular narigi qirg’oqqa qanday o’tishadi? Xo’sh, topishmoqlarning javobini topdingizmi? Endi javoblaringizni tekshirib ko’ring.

Javoblar:

1. “Meni orangizdagi eng xunuk ayol o’ldirsin”, degan. 

2. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10

3. Poyezdlar har ikki shahardan bir xil masofada uzoqlikda bo’lishadi. 

4. Tangalarni uch donadan uchta guruhga ajratamiz. Birinchi va ikkinchi guruhlarni tarozi pallalariga qo’yib tortib ko’ramiz, uchinchi guruhni chetga olib qo’yamiz. Shu tarzda soxta tanga bor guruhni aniqlab olamiz. So’ngra soxta tanga bor guruhdan ikkita tangani olib, tarozi pallalariga qo’yamiz. Agar tangalarning vazni bir xil bo’lsa, uchinchi tanga soxta tanga bo’ladi. 

5. Hisob-kitoblarga ko’ra, bu devorning qalinligi 2 santimetrdan oshmaydi, demak uni qo’lda itarsak ham ag’anaydi.

6. Ular qarama-qarshi qirg’oqlarda bo’lishgan.

7. Shaxmat o’yinida.

8. Xolms ayolning eriga qayerga kelishni aytmagan, lekin er xotinining qayerda o’ldirilganini so’ramasdan to’g’ri o’sha yerga kelgan.

9. Avval ikkala o’g’il o’tishadi, keyin ulardan biri otasining yoniga qaytadi. O’g’il qirg’oqda qoladi, ota esa narigi qirg’oqqa o’tadi. So’ngra o’g’il narigi qirg’oqda qolgan o’g’ilning yoniga qaytadi va ikkalasi birgalikda otasining yoniga suzib o’tishadi.

Manba  XABARDOR.UZ