To‘lalik yoshni ham katta qilib ko‘rsatadi. (Ko‘p uchraydigan gaplar)

— Eng yaxshi samarali davo usuli kaloriyasi cheklantirilgan ovqat ratsionini qo‘llashdan iboratdir. Iste’mol qilinadigan ovqat kaloriyasi, ya’ni quvvati, energetik qimmati ancha past (1800-2000 kkal) bo‘lishi lozim. Shundagina organizmdagi yog‘lar parchalanib, ortiqcha og‘irlik yo‘qola boshlaydi. Taomning tar-kibida uglevodlar kam bo‘lib, oqsil va vitaminlar ko‘p bo‘lishi uchun, ovqatni doimiy ravishda o‘simlik yog‘ida pishirgan ma’quldir. Har kupi ovqat oldidan ko‘p miqdorda tayyorlangan achchiq-chuchuk, har xil salatlar yeyilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, oshqozon to‘lib qorin ochligi yo‘qoladi. Shu holat doimiy ravishda bajarilsa ovqat, ya’ni yeyiladigan taomning yarmi iste’mol qilinishiga sabab bo‘ladi.
Haftada 2 marta ozish kunlarini uyushtirish lozim. Ushbu kunlarda olma, qovoq, bodring, sabzini xomligicha yeyish kerak. Masalan: 1,5 kg ko‘k, achchiq olmani (shirin sortlari to‘g‘ri kelmaydi), kupiga besh qismga bo‘lib, faqat shu mahsulotni iste’­mol qilish lozim. Birinchi kunlari o‘rganmagan bemorlarga qiyin bo‘ladi, ovqat yegisi keladi, ba’zi hollarda bilmasdan ovqat yeb qo‘yadi. Lekin 3-4 marta bunday ozish kunlarini qo‘llaganingizdan so‘ng bemor tajribaga ega bo‘lib bemalol uni qo‘llaydi.
Ertalabki badantarbiya, fizkultura va jismoniy mehnatning biror yoqadigan turi bilan bemor doimiy ravishda shug‘ullanib turishi maqsadga muvofiq. Uzoq vaqt piyoda yurish ham jismoniy harakatga kiradi.
Ozish uchun parhez qilayotganlar tez-tez endokrinolog shifokor bilan maslahatlashib turishlari lozim. Barcha tavsiya qilgan, ishtahani bo‘g‘adigan tabletkalarni o‘z vaqtida qabul qilish davolash garovidir.
Parhezda yengil singadigan uglevodlar (konditer mahsulotlari, qand, har xil murabbolar) bo‘lishi lozim. Yog‘ bosgan odamlar ovqatida uglevodlar kam, oqsillar, vita­minlar ko‘p, yog‘lar ozroq miqdorda bo‘lishi kerak. Uglevodlarni 100-150 grammdan ortiq yemagan ma’qul. Yengil singadigan uglevodlar, ya’ni qand yog‘ning yog‘ to‘qimasida sintezlanishiga yordam berib, insulinni aktivlashtiradi, bu esa ularni polisaxaridlarga — qiyin singadigan uglevodlarga aylantiradi. Bizning respublikamizda noz-ne’matlar serob bo‘lganidan qishin-yozin parhezda sabzavotlar — xom o‘simlik mahsulotlari bo‘lishiga imkon beradi, sabzavotlar tarkibida qiyin singadigan uglevodlar va zarur mineral moddalar bo‘ladi.
4.Hozirda mutaxassislar semizlikka qarshi kurashishning ikkita samarali yo‘lidan ko‘proq foydalanishni tavsiya etishmoqda. Bulardan biri ovqatning kaloriyaliligini kamaytirish bo‘lsa, ikkinchisi jismoniy nagruzkani kamaytirgan holda energiya sarf bo‘lishini oshirishdir. Kunduz kuni yeyiladigan ovqatning energetik qimmatini asta-sekin kamaytira borish uchun uglevodlar miqdorini kamaytirish kerak. Odamning normal vaznining hatto 10 % dan ortishi ortiqcha yuk borligidan dalolat beruvchi xavfli alomat bo‘lib, u yog‘ bosishning birinchi darajasi hisoblanadi.
Tavsiya etiladigan kaloriyasi kam parhez ortiqcha toshning tez vaqt ichida yo‘qolishiga imkon berishi, bemor ahvolini yaxshilashi uchun qulay bo‘lishi zarur, chunki yog‘ bosishi uzoqqa
чўзиладиган kasallik hisoblanadi. Parhez taom yog‘ bosgan bemorlarga uzoq muddatga buyuriladi, shu sababli par­hez buyurishda bemorning o‘ziga xos hayot sharoitlarini va urf-odatlarini, o‘zi o‘rgangan ovqatlarni hisobga olish kerak.
Biz semiz odamlarda "baqaloqlar sho‘rvasi" deb atalgan taomni haftada 2 marta iste’mol qildirganimizda bemor 1,5-2 kg vaznini yo‘qotganiga guvoh bo‘ldik. Siz ham shu sho‘rvani 1-2 oy erinmasdan, irodani bir joyga to‘plab qo‘llasangiz, yutuqli natijalarga erishasiz. Mana uning retsepti: 8 dona o‘rta piyoz, 5 dona kichkina pomidor, 2 ta o‘rta bolg‘ar garmdorisi, 1 kg karam, 1 bog‘ ukrop, 1 bog‘ selder maydalab kastryulkaga solinadi va uning ustiga 2 litr sovuq suv quyiladi. Gaz olovida qaynatamiz, me’yorida tuz solamiz. Suv qaynab chiqqandan keyin 40-50 daqiqa qayna­tamiz va bir kunga hamma sho‘rvani uchga teng bo‘lib iste’mol qilamiz. SHo‘rvani qora non bilan yeyish lozim. Ushbu sho‘rvani uch kunda, 1 haftada 2 martadan ichiladi.
Sho‘rvani iste’mol etgach, o‘sha kuni boshqa narsa yeyilmaydi, sho‘rva qorinni to‘q tutadi va yengil hazm bo‘ladi. Natija uzoq kuttirmaydi — 1 oyda 4-6 kg.ni yo‘qotishingiz turgan gan, bu tajribada tasdiqlangan.
Agar siz sog‘liqning garovi bo‘lgan jismoniy tarbiya mashqlarini tark etmang.yuqoridagi maslahatlarimizga to‘la rioya qilsangiz, qomatingiz hamisha xushbichim, kayfiyatingiz a’lo, qadamlaringiz yengil, sog‘lig‘ingiz mustahkam bo‘ladi. Semirib ketmay desangiz, muttasil harakatda bo‘ling, oz-ozdan va tez-tez ovqatlaning,sogliqning garovi bulgan jismoniy tarbiya mashqlarini tark etmang.