Mazkur qo’llanma Internetda ishlashni o’rganmoqchi bo’lgan tadbirkorlarga mo’ljallangan bo’lib, unda quyidagi ma’lumotlar batafsil yoritilgan: tadbirkorlar uchun Internet imkoniyatlari, Internet tizimi tuzilishi va tarkibi, Internetda ishlash va elektron pochtadan foydalanish tartiblari, Internetda tez muloqot qilish texnologiyalari, veb sahifalarni yaratish maqsadlari va imkoniyatlari, Internetning tadbirkorlar uchun imkoniyatlari bo’yicha tavsiyalar, Internetda viruslardan himoyalanish tartibi, shuningdek lug’at va adabiyotlar va hamda foydali veb sahifalar keltirilgan. Ushbu qo’llanma foydalanuvchilarga tez vaqt ichida Internetdan foydalanish ko’nikmalarini egallab olishga, uning imkoniyatlaridan kundalik faoliyatda unumli foydalanish yo’llarini o’rganishiga yordam beradi.