Tadbirkorlik olamiga endigina kirib kelayotgan har bir inson, avvalo o’z biznes rejasini tuzadi, uni himoya qiladi va ishonchli sheriklar topadi. Bularning hammasi o’z-o’zidan bo’lmaydi, bunda yaxshi g’oya, tinimsiz harakat va albatta atrofdagilarni maqsadlaringizga ishontira olish qobiliyati o’ta muhimdir. Xo’sh, “start-up” biznesingizni boshlashingiz uchun qanday bosqichlarni amalga oshirish darkor? Quyidagi infografikada sizning biznesingizni olib borishingizda kerakli bo’lgan bir-nechta maslahatlar keltirilgan.